Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

«Barcha muxlislardan uzr so‘rayman» - Vadim Abramov «Bunyodkor»dan uchralgan mag‘lubiyat, keyingi o‘yinlar va xatolar haqida

«Barcha muxlislardan uzr so‘rayman» - Vadim Abramov «Bunyodkor»dan uchralgan mag‘lubiyat, keyingi o‘yinlar va xatolar haqida

Baho:
+ | -

Superliga 13-turi doirasidagi «Dinamo» — «Bunyodkor» (0:3) uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Vadim Abramov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

— Avvalo, muxlislardan uzr so‘rashim to‘g‘ri bo‘ladi, bugun minglab muxlislar stadionga kelgandi, ammo biz bayramona kayfiyatni ulasha olmadik. Barcha muxlislardan uzr so‘raymiz. Vaziyatni keyingi o‘yinlarda o‘nglashga harakat qilamiz.

O‘yin haqida gapiradigan bo‘lsam, bahsni yomon boshlamadik, ammo eng alamlisi raqib safidagi bir futbolchi – Temurxo‘ja Abduxoliqov butun jamoamizni yakkalikda mag‘lub etdi. Bu vaziyatda himoya chizig‘i qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ydi, ikkita xato uzatma va biz ikkita to‘pni o‘tkazib yubordik. Ikkinchi bo‘limda vaziyatni o‘nglash uchun chiqqandik, ammo yana biz gol urishimiz kerak bo‘lgan joyda ular urishdi. Bu vaziyatda ham birgina Abduxoliqov uch kishini dog‘da qoldirdi. Bunday o‘ynamaslik kerak. Xatolarni tahlil qilamiz.

— Futbolda mag‘lub bo‘lmagan jamoa bo‘lmaydi. Bu mag‘lubiyat jamoaga sovuq dush kabi ta’sir qiladimi?
— Shunga umid qilaman, chunki hammasi jamoaning bu mag‘lubiyatga qanday reaksiya bildirishiga bog‘liq. Uch kundan keyin safarda Qo‘qon jamoasiga qarshi o‘ynaymiz. Bugungi o‘yindagi xatolarni o‘sha o‘yinda tuzatishimiz shart.

— Ilk mag‘lubiyatga qaramay, o‘yindan keyin muxlislar «Dinamo»ni olqishlar ostida kuzatib qo‘yishdi...
— Bugun ularni xursand qilishni maqsad qilgandik, shunga harakat qildik, ammo bugun bizning kunimiz emasdi. Harakatlarimiz samarasini bermadi. Kechirib bo‘lmas xatolar gollarga sabab bo‘ldi. Ba’zi vaziyatlarda sovuqqonlik ham yetishmadi.

Mag‘lubiyatdan fojia yasamaymiz, hammasi hali oldinda. Ammo men uchun bundan to‘g‘ri xulosa chiqarib, mag‘lubiyatga yarasha javob qaytara olishimiz juda muhim. Qachondir mag‘lub bo‘lardik, baribir.

— «Dinamo» 1-davraning eng yorqin jamoalaridan biri bo‘lmoqda. Shunga qaramay, jamoa davralar oralig‘ida qaysi chiziqlarni kuchaytirmoqchi? Sababi yuqori o‘rinlar uchun kurashishga ba’zi chiziqlarni kuchaytirish kerakligi ko‘rinib turibdi...
— Shubhasiz, 2-davra oldidan kuchayishimiz kerak. Ammo qaysi chiziqlarni kuchaytirish haqida gapirishga hali erta. Oldinda muhim o‘yinlarimiz bor va ularda bizga yordam bera oladigan futbolchilar talaygina. O‘zgarishlar haqida esa gapirishga erta, vaqti kelsa bilib olasiz, — dedi Vadim Abramov o‘yindan keyin.

«Dinamo» PFK matbuot xizmati

Manba: fcdinamo.uz
Kiritildi: 07:09, 24.06.2025.
O'qildi: 1725 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.