Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/12 00:30 Arsenal 2-0 Brentford
04/12 00:30 Brayton 3-4 Aston Villa
04/12 00:30 Byornli 0-1 Kristal Pelas
04/12 00:30 Vulverhempton 0-1 Nottingem Forest
04/12 01:15 Lids 3-1 Chelsi
04/12 01:15 Liverpul 1-1 Sanderlend
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona

Osiyo Futbol Konfederasiyasi O‘FAning AFC Elite Youth dasturidagi uch yulduzli maqomini muvaffaqiyatli tarzda yangilaganini e’lon qildi

Osiyo Futbol Konfederasiyasi O‘FAning AFC Elite Youth dasturidagi uch yulduzli maqomini muvaffaqiyatli tarzda yangilaganini e’lon qildi

Baho:
+ | -
Bo'lim: OSIYO
Rukn: Yangiliklar

OFK rasmiy sahifasida O‘zbekiston futbol assosiasiyasi ushbu dasturda uch yulduzli a’zolik maqomini yana bir bor muvaffaqiyatli ravishda yangilagani ma’lum qilindi.

O‘FA tomonidan tizimli asosda yo‘lga qo‘yilgan yoshlar bilan ishlash dasturlari so‘nggi yillarda samarali natijalar bermoqda. Jumladan, yaqinda U-17 Osiyo Kubogida erishilgan chempionlik hamda o‘tgan yili ilk bor Olimpiada yo‘llanmasining qo‘lga kiritilishi bunga yaqqol misol bo‘la oladi, deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, O‘FA ilk bor ushbu uch yulduzli maqomni 2023 yilda olgan. Mazkur maqom 2025 yil 29–31 may kunlari Toshkentga tashrif buyurgan AFC Youth Panel ekspertlari tomonidan o‘tkazilgan keng qamrovli baholash yakunida yana bir bor tasdiqlandi.

Baholash natijalarida O‘FAning yoshlar futboli yo‘nalishidagi yondashuvi – g‘alaba ruhini shakllantirish bilan birga, futbolchilarning texnik, taktik va jismoniy jihatdan har tomonlama rivojlanishiga ustuvorlik berilishi alohida e’tirof etildi. Ta’lim va mashg‘ulot uslublari zamonaviy va izchil ekani ta’kidlandi.

Barqaror tizimni shakllantirish maqsadida, O‘FA mamlakatning 14 hududida akademiyalar tashkil etgan. Har bir akademiya o‘ziga xoslikni saqlagan holda yagona konsepsiya asosida faoliyat yuritadi. Bu esa texnik direktor boshchiligidagi kuchli muloqot va markazlashgan muvofiqlashtirish orqali ta’minlanmoqda.

Shuningdek, O‘FA infratuzilmani rivojlantirishga alohida e’tibor qaratmoqda. Toshkent viloyatida barpo etilayotgan va yaqin kunlarda foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan yangi zamonaviy futbol akademiyasi bunga yaqqol misoldir. Loyiha o‘zida tibbiy markaz, fizioterapiya markazi, zamonaviy mehmonxona, xalqaro standartlarga javob beruvchi maydonlar, jumladan, yoshlar o‘yinlari uchun mo‘ljallangan stadionni ham qamrab oladi.

Bundan tashqari, O‘FA barcha yoshlar terma jamoalari va akademiyalarida to‘p surayotgan futbolchilarning individual rivojlanish ma’lumotlar bazasini yuritadi. Bu esa murabbiylar va mutaxassislarga yosh iqtidorlarni aniqlash, ularning o‘sishini kuzatish hamda baholashda muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi.

Uch yulduzli maqomning yangilanishi bilan bir qatorda, "Bunyodkor" va "Nasaf" futbol akademiyalariga ikki yulduzli, Andijon akademiyasiga esa bir yulduzli maqom berildi.

O‘FA birinchi vise-prezidenti Ravshan Ermatov bu boradagi sa’y-harakatlarga to‘xtalib, shunday dedi: "Bolalar-o‘smirlar hamda yoshlar futbolini rivojlantirishga qaratilgan tizimli yondashuv – O‘zbekistonni Osiyo futbolidagi yetakchi davlatlardan biriga aylantirish borasidagi asosiy ustuvor yo‘nalishimizdir."

OFK ekspertlari O‘FAning yoshlar bilan ishlashdagi strategiyasini boshqa a’zo assosiasiyalar uchun namunaviy model sifatida e’tirof etib, murabbiylar tayyorlash tizimini yanada rivojlantirish, shuningdek futbolchilar, murabbiylar va ota-onalar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash zarurligini tavsiya etdilar.

Manba: Telegram.me/FAUzbekistan
Kiritildi: 12:46, 24.06.2025.
O'qildi: 703 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.