Madridning "Atletiko" klubi hujumchisi Xulian Alvares "matraschilar" klublar o‘rtasidagi jahon chempionatini tark etganidan keyin hissiyotlari bilan o‘rtoqlashdi.
23 iyun, dushanba kuni ispan klubi guruh bosqichining 3-turida "Botafogo"ni mag‘lub etdi (1:0), ammo V kvartetida uchinchi o‘rinni egalladi.
"Bor kuchimizni sarfladik, ammo bu kamlik qildi. Hozir dam olish, qayta quvvatlanish va kelgusi mavsumga tayyorgarlik ko‘rishning ayni vaqti," - deb yozdi Alvares ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.













