Milanning “Inter” klubi “Fluminense”ga qarshi o‘yindagi omadsizlikdan so‘ng klublar o‘rtasidagi jahon chempionatini tark etadi. Baxtsiz kechgan uchrashuvdagi voqealarni Italiya terma jamoasi himoyachisi Matteo Darmian izohladi.
"Afsuski, barchamiz keyingi bosqichga chiqishni xohladik. Muvaffaqiyatga erisha olmadik, lekin harakat qildik. Ikkinchi bo‘limda biz bor narsani berishga harakat qildik. Ko‘p imkoniyatlar yaratdik, ammo omadimiz kelmadi, raqib esa barcha imkoniyatlarini ro‘yobga chiqardi. Muvaffaqiyatsizlik uchun biz javobgarmiz", dedi Darmian.
Eslatib o‘tamiz, "Inter" o‘tgan mavsumda sovrinlarsiz qolgandi.













