Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Al-Hilol" hujumchisi: "Manchester Siti" darvozasini ishg‘ol qilganimdan so‘ng onam haqida o‘yladim"

"Al-Hilol" hujumchisi: "Manchester Siti" darvozasini ishg‘ol qilganimdan so‘ng onam haqida o‘yladim"

Baho:
+ | -

Saudiya Arabistonining "Al-Hilol" klubi hujumchisi Markos Leonardo klublar o‘rtasidagi jahon chempionati 1/8 finalidan o‘rin olgan Angliyaning "Manchester Siti" klubiga (4:3) qarshi o‘yin yakunlari bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Futbolchi bu uchrashuvda ikkita gol urdi.

"Oxirgi ikki oy men uchun oson kechmadi. Onam 70 kun intensiv terapiya bo‘limida bo‘ldi. Xudoga shukur, bugun uning ahvoli yaxshi. O‘sha ikki golni urganimda u haqida o‘yladim. U o‘yinni tomosha qila oldi. Biz oilamiz haqida - biz uchun eng yaxshi narsalarni xohlaydigan odamlar haqida o‘ylashimiz kerak. Agar ular bizni kuzatishmaganida, bugun bu yerda bo‘lmasdim," - deya Leonardoning so‘zlarini keltiradi FIFA rasmiy sayti.

"Al-Hilol" musobaqaning chorak finalida Braziliyaning "Fluminense" klubiga qarshi bahs olib boradi.

Kiritildi: 15:55, 01.07.2025.
O'qildi: 1210 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик