Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Superliga. 14-turning 6 voqeasi

Superliga. 14-turning 6 voqeasi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston chempionati 14-turi yakunlandi. Biz esa turning e’tiborga molik voqealarni yodga olamiz.

Kambek

Shubhasiz “Bunyodkor” – “So‘g‘diyona”ni ko‘rsatish mumkin. Jizzax klubi birin-ketin ikki gol urib, yaxshigina ustunlikka erishgandi. Biroq “qaldirg‘ochlar” o‘zlarida kuch topishib, yakunda g‘alabani ilib ketdi. Ayniqsa, ikkinchi bo‘limda ustunlikni hisobda aks ettirishdi, kambek evaziga 3:2 hisobida g‘alaba qozondi.

Remontadani remontga chiqarishdi

Olmaliq klubida ishlar yaxshi emas. Jamoa o‘z maydonida “Surxon”ga yutqazdi. FIFA kunlaridan so‘ng Mirjalol Qosimov shogirdlarining ishlari birdaniga ortga ketdi. “Sho‘rtan”, “Navbahor”, “Buxoro” va “Surxon”. Bu o‘yinlarda jamoa gol ura olmadi. Garchi O‘zbekiston kubogida “Buxoro”ga qarshi o‘yinda ham mehmonlar avtogol sovg‘a qilishdi. Qisqasi, mavsum boshida remontada namoyish etayotgan “konchilar”ni remontga chiqarishdi.

Namanganda hech kimga oson bo‘lmayapti

Sergey Lushan ustozligidagi “lochinlar” o‘z maydonida daxshatli natijalar qayd etmoqda. Oxirgi turda ham “Mash’al” yanchib tashlandi. Aslida “gazchilar”ga qadar boshqa yetakchilar ham qashqatkich zarbalarni qabul qilib olgandi. Biz esa o‘sha natijalarni esga olamiz:

5-tur. “Navbahor” – “Sho‘rtan” 2:0
7-tur. “Navbahor” – “Buxoro” 3:0
9-tur. “Navbahor” – “Xorazm” 1:0
11-tur. “Navbahor” – “Qo‘qon-1912” 3:0
13-tur. “Navbahor” – OKMK 3:0
14-tur. “Navbahor” – “Mash’al” 6:0
“Lochinlar” o‘z maydonida birorta gol o‘tkazmasdan oxirgi olti o‘yinda dahshatli natija qayd etdi. Demak, ikkinchi davrada ham Namanganga boradigan jamoalarga oson bo‘lmasligi aniq.

Tur goli

Navoiyda kechgan “Qizilqum” – “Neftchi” o‘rtasidagi kechgan o‘yinda Ikrom Aliboyev tomonidan kiritilgan gol eng yaxshisi bo‘ldi. Aliboyev olis masofadan kuchli va aniq zarbasi bilan tajribali kiper Sanjar Quvvatovni ojiz qoldirdi.


Tur futbolchisi

“Surxon”ning legioneri Dmitriy Pletnevni ko‘rsatish mumkin. OKMK bilan bahsda u Asilbek Jumayevga “rabona” uslubida pas uzatdi. Bundan yosh hujumchi unumli foydalanib, Javohir Ilyosovni ojiz qoldirdi. Dmitriyning pasi esa ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalgani ham hech kimga sir emas. Futbolchi yuqori klass namoyish etdi.

Tur murabbiyi

“Paxtakor”ni boshqarayotgan Kamoliddin Tojiyevni ko‘rsatish mumkin. “Nasaf” 90-daqiqaga qadar 2:0 hisobida “sherlar”ni taslim qilayotgandi. Biroq oxirgi bir necha daqiqa ichida toshkentliklar ikkita gol urib, yakunda mag‘lubiyatdan qutulib qoldi. Tojiyev yana Ro‘ziqul Berdiyevga imkoniyatni boy bergani yo‘q. U hisobda ortda qolayotgan vaqtda kerakli o‘zgarishlarni amalga oshirib, “sherlar”ni jonlantira oldi. Umuman olganda bu jamoalar yaqinda O‘zbekiston kubogi guruh bosqichida ham o‘zaro to‘qnash kelishgan edi. “Paxtakor” 6:3 hisobida g‘alaba qozonib, “ajdarlar”ni ketma-ket ikkinchi yilda ham guruhdayoq turnirni tark etishini ta’minladi.

Roziqjon Sultonmurodov

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 12:14, 02.07.2025.
O'qildi: 1727 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.