Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni 0-2 Eron
30/01 13:00 Avstraliya 2-4 O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya 0-7 Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston 0-3 Yaponiya
31/01 00:45 Lasio 3-2 Jenoa
31/01 01:00 Espanyol 1-2 Alaves
31/01 18:00 Real Ovyedo - Jirona
31/01 19:00 Piza - Sassuolo
31/01 20:00 Lids - Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton - Bornmut
31/01 20:00 Brayton - Everton
31/01 20:15 Osasuna - Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli - Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem
01/02 00:45 Kalyari - Verona
01/02 01:00 Elche - Barselona
01/02 01:00 Liverpul - Nyukasl

“Barselona” futbolchisi: “‘Real’ — butun dunyo tan olgan klub”

“Barselona” futbolchisi: “‘Real’ — butun dunyo tan olgan klub”

Baho:
+-1 | -

“Barselona” va Ispaniya terma jamoasi hujumchisi Ferran Torres 2024/25 yilgi mavsum oldidan “Real Madrid” bilan raqobat va yangi mavsumdan kutilyotgan natijalar haqida fikr bildirdi.

Ispaniyalik futbolchi “Barselona”ning azaliy raqibi “Real” haqida iliq fikrlarni bildirdi:

“Real” — bu butun dunyo tan olgan klub. Har yili ular eng kuchli futbolchilarni xarid qilishga harakat qiladi. Ammo men o‘z jamoamdan, o‘tgan mavsumdagi natijalarimizda mamnunman", — dedi Torres.

Shuningdek, u “Barselona” yangi mavsumda favoritmi degan savolga quyidagicha javob berdi:

"Menga favorit degan so‘z yoqmaydi. Chunki agar sen favorit bo‘lsang, barchaning diqqat markaziga aylanasan. Har bir raqib seni mag‘lub etish uchun alohida tayyorlanadi. Bu yil biz, Chempionlar Ligasidan tashqari, deyarli barcha musobaqalarda g‘alaba qozondik. Endi esa bu yutuqlarni himoya qilishni istaymiz", — deya Ferran Torresning so‘zlarini keltirmoqda Mundo Deportivo nashri.

Ma’lumot uchun, “Barselona” o‘tgan mavsum Ispaniya La Ligasi, mamlakat kubogi hamda superkubogida g‘alaba qozondi. Kataloniyaliklar Chempionlar Ligasi yarim finalida “Inter”ga imkoniyatni boy berib, musobaqa bilan xayrlashdi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 17:19, 02.07.2025.
O'qildi: 5912 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.