Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Chelsi" "Liverpul"ga xabar yubordi

"Chelsi" "Liverpul"ga xabar yubordi

Baho:
+1 | -

Futbol olami qayg‘uda - "Liverpul" va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Diogu Jota dahshatli yo‘l-transport hodisasida halok bo‘ldi. Fojiali xabarlardan so‘ng Londonning "Chelsi" klubi bayonot berdi.

"Diogu Jota va uning ukasi Andrening fojiali o‘limi haqidagi xabardan "Chelsi"dagilarning barchasi dahshatga tushdi. Bizning fikrlarimiz ushbu o‘ta og‘ir damda ularning oilasi, do‘stlari va "Liverpul"dagi barcha bilan," - deyiladi "Chelsi" bayonotida.

Diogu Jota 28 yoshida vafot etdi. Portugaliyalik "Liverpul" safida 2020 yil sentyabr oyi o‘rtalaridan buyon to‘p tepib kelayotgandi. So‘nggi 2024/2025 yilgi mavsumda Jota mersisaydliklar bilan Angliya chempioni bo‘ldi.

Kiritildi: 16:27, 03.07.2025.
O'qildi: 976 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик