Saudiya Arabistonining "Al-Hilol" klubi havbeki Ruben Nevesh Portugaliya terma jamoasi va "Liverpul"ning 28 yoshli hujumchisi Diogu Jotaning o‘limi haqida gapirdi. 3 iyul kuni futbolchi avtohalokatda vafot etdi.
"Siz odamlarni unutganingizda yo‘qotasiz. Men seni hech qachon unutmayman," - deyiladi portugaliyalik yarim himoyachining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Eslatib o‘tamiz, Jota o‘tgan mavsum "Liverpul" safida Angliya Premyer-ligasi chempioni bo‘lgan edi. Portugaliya terma jamoasi bilan birgalikda hujumchi Millatlar ligasi g‘olibiga aylandi.













