Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/02 00:45 Bolonya 0-3 Milan
05/02 13:00 Iroq - Eron
05/02 17:00 Indoneziya - Yaponiya

"Napoli" yarim himoyachisi bo‘yicha qaror qabul qildi

"Napoli" yarim himoyachisi bo‘yicha qaror qabul qildi

Baho:
+ | -

"Napoli" yarim himoyachisi Andre Zambo-Angissa klub bilan yangi mehnat shartnomasini imzoladi. Insayder Fabrisio Romanoning yozishicha, tomonlar hamkorlikni bir mavsumga uzaytirish imkoniyatini faollashtirishga qaror qilgan. Endi 29 yoshli kamerunlikning shartnomasi 2027 yilning yarmigacha mo‘ljallangan.

Zambo-Angissa Italiya top-klubiga 2022 yilning yozida Londonning "Fulxem" klubidan ko‘chib o‘tgandi. O‘tgan mavsumda yarim himoyachi jamoaning 37 ta uchrashuvida qatnashib, 6 ta gol va 5 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi.

2024/2025 yilgi mavsum yakunlariga ko‘ra, Antonio Konte shogirdlari Italiya chempioniga aylandi.

Kiritildi: 11:41, 04.07.2025.
O'qildi: 568 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.