Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/03 01:00 Bavariya 4-1 Atalanta
19/03 01:00 Liverpul 4-0 Galatasaroy
19/03 01:00 Tottenhem 3-2 Atletiko
19/03 16:00 Andijon 2-0 Mash’al
19/03 18:15 Buxoro 3-1 Dinamo
20/03 16:00 Neftchi - Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf - Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona - Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari - Napoli
21/03 00:45 Jenoa - Udineze
21/03 01:00 Bornmut - Man. Yunayted
21/03 01:00 Vilyarreal - Real Sosyedad
21/03 17:30 Brayton - Liverpul
21/03 18:00 Elche - Malyorka
21/03 19:00 Parma - Cremonese
21/03 20:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
21/03 20:00 Fulhem - Byornli
21/03 20:15 Espanyol - Xetafe
21/03 22:00 Milan - Torino
21/03 22:30 Everton - Chelsi
21/03 22:30 Levante - Real Ovyedo
21/03 22:30 Osasuna - Jirona

Markaziy Osiyo futbolida o‘zbek modelidan o‘rnak olish vaqti yetdimi?

Markaziy Osiyo futbolida o‘zbek modelidan o‘rnak olish vaqti yetdimi?

Baho:
+ | -

O‘zbekiston milliy terma jamoasi Markaziy Osiyo davlatlari orasida ilk bor futbol bo‘yicha jahon chempionatiga yo‘llanma olgan mamlakat sifatida yangi tarix yaratdi. Bu yutuqka erishish uchun Eldor Shomurodov yetakchiligidagi futbolchilarimiz mintaqaviy saralashning uchinchi bosqichida o‘z guruhida ikkinchi o‘rinni egallashi kifoya bo‘ldi.

Vatanimiz va qo‘shni mamlakatlarda ushbu tarixiy muvaffaqiyatdan so‘ng bildirilayotgan fikr-mulohazalar hanuzgacha to‘xtagani yo‘q. Qozog‘iston Premyer-ligasida taniqli mutaxassis Qayrat Nurdauletov o‘z intervyusida: “O‘zbekiston milliy jamoasining jahon chempionatiga chiqishi — bir kunlik natija emas, balki yillar davomida qilinayotgan jamoaviy va tizimli ish natijasidir. Bu jarayon kamida o‘n yillik harakatlarni o‘z ichiga oladi”, — deya ta’kidladi.

Uning fikricha, bu muvaffaqiyat faqat futbolchilar va murabbiylarning mehnati bilan chegaralanib qolmaydi. Federasiya, davlat rasmiylari va butun sport jamoatchiligi birgalikda harakat qilgan. Ayni vaqtda O‘zbekistonda futbol mavzusi parlament darajasida muhokama qilinayotgani ham o‘z samarasini bermoqda.

Nurdauletov ta’kidlashicha, qo‘shni mamlakatlar natijasidan ilhomlanib, ulardan o‘rnak olishdan tortib, tajriba almashishgacha bo‘lgan yo‘ldan ham borish kerak. “Bizni doim qo‘shnilarimiz bilan solishtirishadi, ammo ularning yutuqlariga havas qilish, natijalaridan ilhom olish yaxshi”, — deydi murabbiy.

Hozirda Markaziy Osiyo davlatlari futbol sohasida ko‘zga ko‘rinarli rivojga erishmoqda. O‘zbekiston, Turkmaniston, Tojikiston va Qirg‘iziston terma jamoalari Osiyo miqyosida jiddiy raqobat qilayotgani va yaxshi natijalar qayd etayotgani e’tirof etilmoqda. Qozog‘iston esa, Yevropa musobaqalarida qatnashib, yangi bosqichga chiqdi.

Shu bilan birga, mintaqada eng yuqori marraga yetgan va Yevropaning top ligalarida muntazam ishtirok etayotgan futbolchilar orasida o‘zbekistonlik sportchilar alohida o‘rin tutadi. Xususan, Eldor Shomurodovning besh yildan beri Italiya chempionatida maydonga tushayotgani, Abduqodir Husanovning Angliya Premyer-ligasida "Manchester Siti" sharafini himoya qilishi, Laziz Mirzayevning "Leganes" yoshlar jamoasida muvaffaqiyatli faoliyat olib borayotgani mintaqamiz yoshlariga katta ilhom manbai bo‘ldi.

Mazkur muvaffaqiyat nafaqat O‘zbekistonda, balki butun mintaqa futbolchilari uchun yangi marralar sari intilishda kuchli turtki bo‘lmoqda.

Manba: zamin.uz
Kiritildi: 11:59, 06.07.2025.
O'qildi: 1722 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.