Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

"Yuventus" aqshlik yarim himoyachisini 15-20 millionga sotib yuboradi

"Yuventus" aqshlik yarim himoyachisini 15-20 millionga sotib yuboradi

Baho:
+ | -

"Yuventus" markaziy yarim himoyachisi Ueston Makkenni jamoani tark etishi mumkin, deya xabar bermoqda Tuttosport.

Manbaga ko‘ra, agar 15-20 million yevro atrofida taklif tushsa, 26 yoshli amerikalik sotilishi mumkin. Ayniqsa, shartnomani uzaytirish masalasi yaqin orada hal qilinmasa.

Ueston bilan kelishuvni uzaytirish bo‘yicha muzokaralar bir necha oydan beri davom etmoqda, ammo sezilarli siljish yo‘q.

Amaldagi shartnoma 2026 yil 30 iyungacha mo‘ljallangan.

Ueston 2020 yilning sentyabridan beri "Yuventus"da o‘ynab kelmoqda, u dastlab "Shalke"dan ijara asosida jamoaga qo‘shilgan va bir yildan so‘ng 21,9 million yevroga sotib olingan.

U o‘tgan mavsumda 44 ta o‘yinda 5 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 16:34, 06.07.2025.
O'qildi: 836 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик