Alvaro Fernandes Karreras yaqin kunlarda "Real" safiga qo‘shiladi.
Insayder Fabrisio Romanoning ma’lum qilishicha, madridliklar "Benfika" bilan himoyachini 50 million yevroga transfer qilish bo‘yicha og‘zaki kelishuvga erishgan. To‘lov summasini bo‘lib-bo‘lib to‘lash ko‘zda tutilgan.
Karrerasning sobiq klubi "Manchester Yunayted" ispaniyalik futbolchini qaytarib sotib olish huquqidan voz kechganini tasdiqlashi bilan, o‘yinchi Madridga yo‘l oladi.
2024/25 yilgi mavsumda Alvaro Portugaliya chempionatida 32 ta o‘yinda ishtirok etib, 3 ta gol urgan.













