Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

"Real" Alonsoga istalgan yulduzni zaxiraga olish imkonini beradi

"Real" Alonsoga istalgan yulduzni zaxiraga olish imkonini beradi

Baho:
+ | -

Madridning "Real" klubida jamoada ishlashni istamayotgan futbolchilarga qarshi kurash boshlandi. Klub rahbariyati va murabbiy Xabi Alonso futbolchilarga "Jamoa uchun 100 foiz borini bermagan har qanday insonga qiyin bo‘ladi," degan fikrni yetkazishga harakat qilmoqda. Bundan tashqari, Marca xabariga ko‘ra, "qaymoqranglilar" bosslari murabbiyga o‘zi xohlagan har qanday o‘yinchini, jumladan, asosiy yulduzlarni ham zaxira o‘rindig‘iga o‘tqazishi mumkinligini tushuntirgan.

"Jamoa uchun ishlash" deganda, shubhasiz, mudofaa harakatlari va pressingda ishtirok etish nazarda tutiladi. Bu muammo Karlo Anchelotti davrida "Real"ning so‘nggi mavsumdagi muvaffaqiyatsizliklarining asosiy sabablaridan biri hisoblangan va Xabi Alonso vaziyatni o‘nglash va to‘psiz o‘yinda birdamlikka erishish niyatida ekanligini bir necha bor ta’kidlagan.

Kiritildi: 05:42, 13.07.2025.
O'qildi: 2746 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик