Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/10 00:00 Koventri Siti 4-1 Nyukasl
13/10 00:00 Levante 3-3 Sevilya
13/10 12:45 Nyukasl Jets 1-3 Gamba Osaka
13/10 15:00 Shangxay Port 1-1 Tejon Hana Citizen
13/10 15:00 Poxang Stilers 0-2 Johor Dorul Ta'zim
13/10 15:00 Kyoto Sanga 1-0 Ratchaburi
13/10 17:15 Kongan Hanoi 0-1 Kashima Antlers
13/10 17:15 Buriram Yunayted 0-1 Beyjing Guoan
13/10 21:00 As-Sadd 0-2 Al-Hilol
13/10 21:45 Sabah 2-0 Slaviya
13/10 21:45 Lans 0-2 Sporting
13/10 23:15 Al-Ittihod - Shabab al-Ahli
13/10 23:59 Galatasaroy 1-4 Barselona
13/10 23:59 Atletiko 2-0 Man. Yunayted
13/10 23:59 Arsenal 3-0 Lill
13/10 23:59 Vilyarreal 3-1 Napoli
13/10 23:59 Inter 3-4 Bryugge
13/10 23:59 RB Leypsig 1-0 PSV
13/10 23:59 Viking 3-3 Bavariya

Konferensiyalar ligasi: XIKdan dahshatli kambek — 60 zarba va 5 gol!

Konferensiyalar ligasi: XIKdan dahshatli kambek — 60 zarba va 5 gol!

Baho:
+ | -

Finlyandiyaning XIK jamoasi Konferensiyalar Ligasi saralash bosqichida Farer orollarining «Runavik» jamoasiga qarshi bahsda haqiqiy g‘alabali kambekni amalga oshirdi!

Bir hafta avval Farer orollarida o‘tgan birinchi o‘yinda maydon egalari 4:0 hisobida g‘alaba qozongan va fin jamoasida bir futbolchi maydondan haydalgan edi. Hamma narsa tugagandek tuyulgandi.

Biroq kecha, javob o‘yinida, 15-daqiqada «Runavik» futbolchisi Fabian Ness qizil kartochka oldi va XIK raqib darvozasini haqiqiy o‘qqa tutishni boshladi — jamoa 60 marta darvoza tomon zarba berdi!

Natijada, 90+4-daqiqada XIK 4:0 hisobini qayd etib, o‘yinni qo‘shimcha vaqtga olib o‘tdi. Ekstra-taymda esa Xelsinki jamoasi beshinchi golni urdi va keyingi bosqichga yo‘l oldi.

Taniqli futbolchi Teemu Pukki maydonda 97 daqiqa o‘ynadi, lekin gol ura olmadi. Ammo u muxlislarga uzoq vaqt yodda qoladigan kambekni sovg‘a qilishga yordam berdi.

Kiritildi: 13:17, 18.07.2025.
O'qildi: 1211 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик