"Manchester Siti" klubi va Irlandiya terma jamoasi sobiq futbolchisi Terri Filon Lionel Messining MLSdagi o‘yini haqida fikr bildirdi.
"Agar Lionel o‘yinning ta’mini his qilishni istasa, u jiddiy raqobat bor joyga ko‘chib o‘tishi kerak. Ayni damda unga juda oson. Video va statistikani ko‘rishning o‘zi yetarli. Bu xuddi PlayStation o‘yiniga o‘xshaydi. Agar u haqiqatan ham Argentina terma jamoasida o‘ynashni rejalashtirgan bo‘lsa, jahon chempionatida nima qilmoqchi ekanligini o‘ylab ko‘rishi kerak," - deya Filanning so‘zlarini keltiradi Goal.com.
Joriy mavsum "Inter Mayami" klubi safida to‘p tepayotgan 38 yoshli argentinalik 29 ta o‘yinda 24 ta gol va 8 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.













