Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm 0-2 Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum 2-1 Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor 0-1 Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

«Andijon» kambek evaziga Tojikiston klubini mag‘lub etdi

«Andijon» kambek evaziga Tojikiston klubini mag‘lub etdi

Baho:
+ | -

Tojikistondagi yozgi o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini mobaynida «Andijon» o‘zining ikkinchi nazorat uchrashuvini mahalliy «Istaravshan» jamoasiga qarshi o‘tkazdi.

Xabaringiz bor, jamoa u yerdagi ilk o‘rtoqlik uchrashuvini «Esxata»ga qarshi o‘tkazib 4:2 hisobida g‘alaba qozongan. Bu safargi bellashuv ham g‘oyat qiziqarli va hujumkor tarzda kechdi.

«Andijon»ning sobiq futbolchisi va muxlislar mehrini qozongan Tohir Mo‘minov Shuhrat Shamsiyevdan so‘ng «Istaravshan» bosh murabbiyiligini qabul qilib olgan. Uning jamoasiga qarshi bahs esa maydon egalari uchun omadli boshlandi.

“Istaravshan arena”dagi uchrashuvga mahalliy muxlislar tomonidan ham qiziqish yuqori bo‘ldi. Shunga yarasha birinchi bo‘limda mezbonlar darvozamiz tomon yo‘llagan zarbalaridan ikkitasi golga aylandi. Albatta, “Burgutlar vaziyatni o‘zgartirish uchun harakat qilishdi. Hujumlarning birida Usmonali Ismonaliyevning goli ofsayd deb bekor qilindi.

O‘tgan safargidek bu gal ham bosh murabbiy Maksim Shaskix ikkala taymda ikki xil tarkibni maydonga tushirdi. 2:0 esa bu hali yakuniy mag‘lubiyat degani emasdi. Boisi, oldinda to‘liq ikkinchi taym turgandi.

Shaskix tanaffusdan keyin oldindan rejalashtirilganidek, boshqa tarkibni maydonga tushirdi. Natijada «Andijon» tashabbusni o‘z qo‘liga oldi va raqib darvozasi oldida jiddiy hujumlari soni ko‘paya boshladi.

Avvaliga Bektemir Abdumannonovning uzatmasini Islom Mamatkazin golga aylantirgan bo‘lsa, hujumchi Otabek Jo‘raqo‘ziyev keyingi ikkita golga mualliflik qildi. Natijada jamoaning yangi futbolchisi ilk dublini kiritishga muvaffaq bo‘ldi.

«Andijon» 2:0 hisobidagi mag‘lubiyatni ajoyib kambek evaziga 2:3 ga aylantira oldi. Bu o‘rtoqlik uchrashuvida bo‘lsa ham albatta yoqimli. Chunki jamoa har qanday holatda ham xarakter, iroda va ishtiyoq ko‘rsata olishini yana bir karra namoyish qila oldi.

O‘rtoqlik o‘yini
«Istaravshan» – «Andijon» – 2:3 (2:0).
22 iyul. Istaravshan.
«Istavrashan»: Maxmud Xuseyn, Abdujalil Manazarov, Xuseyn Nurmatov, Farhod Amiri, Faridun Dehqonov, Shaxriyor Mahmudov, Saidsho Bozorov, Bobur Qosimov,  Jahongir Safarov, Parviz Dehqonov, To‘lqin Ergashev.
«Andijon»: Mohir Komilov, Bekzod Sulaymonov, Asadbek Habibullayev, Abubakir Ashurov, Abdurahmon Komilov, Ilhom Abdug‘aniyev, Altin Kreziu, Damir Temirov, Abdurahmon Abdullayev, Muhammadali Usmonov, Usmonali Ismonaliyev.
Ikkinchi bo‘limda maydonga tushganlar: Artyom Odinsov, Islom Mamatkazin, Kristian Novak, Muhammadkarim Toirov, Sardor Azimov, Sunnatillo Hamijonov, Saidumarxon Saidnurullayev, Shoxjahon Yorqinboyev, Farhod Sohibjonov, Bektemir Abdumannonov, Otabek Jo‘raqo‘ziyev.
Gollar: To‘lqin Ergashev, Abdujalil Manazarov – Islom Mamatkazin, Otabek Jo‘raqo‘ziyev (dubl).

Manba: https://t.me/andijonpfc
Kiritildi: 05:30, 23.07.2025.
O'qildi: 2463 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик