Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/04 00:00 Man. Yunayted 1-2 Lids
14/04 00:00 Levante 1-0 Xetafe
14/04 18:00 Xorazm 2-2 Qo‘qon-1912
14/04 20:15 Bunyodkor 0-1 Neftchi
14/04 23:59 Atletiko 1-2 Barselona
14/04 23:59 Liverpul 0-2 PSJ
14/04 23:59 Arsenal - Sporting
15/04 23:59 Bavariya - Real Madrid

"MYU" "Bavariya" taklifini tinglashga tayyor

"MYU" "Bavariya" taklifini tinglashga tayyor

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted" vingeri Alexandro Garnacho Myunxenning "Bavariya" klubi qiziqishlari doirasiga tushib qoldi, deya xabar bermoqda ESPN. Nemis grandi argentinalik futbolchini hujum qanotining potensial kuchaytiruvchisi sifatida ko‘rmoqda va uning kelajagi atrofidagi vaziyatni kuzatmoqda.

Manbaga ko‘ra, "MYU" muzokaralarga ochiq va "realistik" takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor. Biroq, Garnachoning o‘zi faoliyatini Angliya Premyer-ligasida davom ettirishni afzal ko‘radi. Uni APLda kuzatayotgan klublar qatorida "Chelsi" va "Aston Villa" nomlari tilga olinmoqda.

19 yoshli argentinalik "Manchester Yunayted" safida 144 ta rasmiy o‘yinda maydonga tushib, 26 ta gol urgan va sheriklariga 22 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Uning mankunianliklar bilan shartnomasi 2028 yilga qadar imzolangan.

Kiritildi: 11:28, 26.07.2025.
O'qildi: 2342 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик