Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/12 00:45 Roma 3-1 Jenoa
31/12 00:30 Byornli 1-3 Nyukasl
31/12 00:30 Chelsi 2-2 Bornmut
31/12 00:30 Nottingem Forest 0-2 Everton
31/12 00:30 Vest Xem 2-2 Brayton
31/12 01:15 Arsenal 4-1 Aston Villa
31/12 01:15 Man. Yunayted 1-1 Vulverhempton

Dovbik - "Lids"ning ustuvor maqsadi

Dovbik - "Lids"ning ustuvor maqsadi

Baho:
+ | -

"Lids" "Roma" forvardi Artyom Dovbikni o‘z safiga qo‘shib olish uchun oldinga katta qadam tashladi, deb xabar beradi MOT Leeds News.

Klub APLga qaytgach, transfer oynasi yopilgunga qadar yangi hujumchi transferini rasmiylashtirmoqchi. 28 yoshli ukrainalik nomzodlardan biri.

Jamoaga APLda qolish uchun yangi forvard kerak, chunki hujumchilar Patrik Bemford va Mateo Jozef katta ehtimol bilan jamoani tark etadi, Lukas Nmecha esa har bir o‘yinda maydonga tusha olmaydi. Shu bois, Dovbik "Lids" talablariga to‘liq javob beradi, uni yozda qo‘lga kiritish ustuvor vazifa hisoblanadi.

"Lids" allaqachon Dovbik bilan bog‘langan, ammo "Roma"ga rasmiy takliflar bermagan.

Avvalroq, "Roma" Dovbikni 40 million yevroga sotishga tayyorligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Qayd etilishicha, "Feyenoord" vingeri Igor Payshaoni o‘z safiga qo‘shib ololmagani inobatga olinsa, bunday summa "Lids"ning byudjetiga to‘g‘ri keladi.

Kiritildi: 13:13, 31.07.2025.
O'qildi: 1148 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.