Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/10 00:00 Koventri Siti 4-1 Nyukasl
13/10 00:00 Levante 3-3 Sevilya
13/10 12:45 Nyukasl Jets 1-3 Gamba Osaka
13/10 15:00 Shangxay Port 1-1 Tejon Hana Citizen
13/10 15:00 Poxang Stilers 0-2 Johor Dorul Ta'zim
13/10 15:00 Kyoto Sanga 1-0 Ratchaburi
13/10 17:15 Kongan Hanoi 0-1 Kashima Antlers
13/10 17:15 Buriram Yunayted 0-1 Beyjing Guoan
13/10 18:45 As-Siyb 0-3 Al-Hussayn
13/10 21:00 As-Sadd 0-2 Al-Hilol
13/10 21:00 Ist Bengal 2-3 Ash-Shorta
13/10 21:45 Sabah 2-0 Slaviya
13/10 21:45 Lans 0-2 Sporting
13/10 23:15 Al-Ittihod 1-2 Shabab al-Ahli
13/10 23:59 Galatasaroy 1-4 Barselona
13/10 23:59 Atletiko 2-0 Man. Yunayted
13/10 23:59 Arsenal 3-0 Lill
13/10 23:59 Vilyarreal 3-1 Napoli
13/10 23:59 Inter 3-4 Bryugge
13/10 23:59 RB Leypsig 1-0 PSV
13/10 23:59 Viking 3-3 Bavariya

Otabek Narzullayev: "Menga yoqqan tomoni - futbolchilarimiz oxirigacha kurashdi"

Otabek Narzullayev: "Menga yoqqan tomoni - futbolchilarimiz oxirigacha kurashdi"

Baho:
+ | -

Superliga 16-turidan o‘rin olgan "Mash’al" - "Paxtakor" (0:1) uchrashuvidan so‘ng "Mash’al" bosh murabbiyi Otabek Narzullayev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

— O‘yin qiyin kechishini bilardik. "Paxtakor" yaxshi va kuchli jamoa, ularga qarshi o‘yinlar oson bo‘lmaydi. Biz ham astoydil harakat qildik, ammo omad kelmadi. "Paxtakor"ni g‘alaba bilan tabriklayman. Kamchiliklarimiz bor va buning ustida ishlaymiz. Menga yoqqan tomoni — jamoamiz oxirigacha kurashdi. Shunday kurashishda davom etsak, natija albatta keladi.

— Jamoangiz ancha yosharibdi. U-21 jamoasidan besh nafar futbolchi "Mash’al"ning asosiy tarkibiga o‘tganini eshitdik. Shu haqda nima deya olasiz?
— "Mash’al" doim yoshlarga e’tibor qaratib kelgan. Qolaversa, Muborakdagi akademiyamiz ham shu maqsadda ishlayapti. Baribir qachondir yoshlar ham o‘ynashi kerak-ku. Ikkinchi davrada ko‘proq yoshlar xizmatidan foydalanishga harakat qilamiz. Akademiya ishlab tursa futbolchilar yetishib chiqaveradi. Qachonki biz ularga ishonch bildirsak, ular ham shunga monand o‘sib boradi.

— Bugungi o‘yinda zaxira almashtirishlar qanchalik o‘zini oqladi?
— Endi jamoa mag‘lub bo‘lganida hammasi zo‘r bo‘ldi deya olmayman. O‘tkazib yuborilgan golda ham hamma aybdor bo‘ladi. Aytganimdek, "Paxtakor"ga qarshi qiyin bo‘lishini bilardik. Zaxiradan tushganlar esa o‘zini ko‘rsata oldi.

— Jamoa sizga to‘liq moslashdimi?
— Men "Mash’al" uchun yangi odam emasman. Ko‘p futbolchilar bilan oldin ham birga ishlaganmiz. 2019 yil Muborakka kelgan bo‘lsam, bu orada yoshlar jamoasida ishladim, asosiy jamoada bosh murabbiy yordamchisi bo‘ldim. Rahbariyat menga ishonib bosh murabbiylikni topshirgan ekan, men ham bu ishonchni oqlashga harakat qilaman.

Manba: https://t.me/Mashal_uzbekistan
Kiritildi: 07:17, 02.08.2025.
O'qildi: 556 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик