"Liverpul" "Bavariya"ga o‘tib ketgan Luis Dias o‘rniga futbolchi izlamoqda.
Caughtoffside xabariga ko‘ra, mersisaydliklar "PSJ" vingeri Bredli Barkolyani nomzodlar qatoriga kiritgan.
Parijliklar 22 yoshli fransuz futbolchisini qo‘yib yuborishni istamayapti va u bilan tuzilgan 2028 yilgacha shartnomani uzaytirish niyatida.
Transfermarkt Barkolani hozirda 70 million yevroga baholamoqda.













