Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli 2-3 Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche
13/05 00:30 Osasuna - Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas

O‘zbekistonlik bilyard ustasi jahon kubogida bronza medaliga sazovor bo‘ldi

O‘zbekistonlik bilyard ustasi jahon kubogida bronza medaliga sazovor bo‘ldi

Baho:
+ | -

Rossiya Federasiyasining Yekaterinburg shahrida bilyard sporti bo‘yicha Yekaterinburg shahar hokimi sovrini uchun o‘tgan jahon kubogida hamyurtimiz bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Nufuzli musobaqada erkaklar o‘rtasidagi bahslarda mamlakatimiz sharafini Jasur Rahmatullayev, Jamoliddin Qo‘chqorov, Amir Rustamov himoya qilgan bo‘lsa, ayollar musobaqasida Nargiz Tosheva sovrinli o‘rinlarga da’vogarlik qildi.

Bir hafta davom etgan musobaqalarda Nargiz Tosheva saralash musobaqalarida Belarus, Rossiya vakillarini mag‘lub etdi. Ammo yarim final ostonasida rossiyalik Alisa Litvinovaga 5:2 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

102 nafar bilyardchi qatnashgan erkaklar musobaqasida terma jamoamiz sardori Jamoliddin Qo‘chqorov saralash bahslarini muvaffaqiyatli o‘tkazdi.

Qirg‘iziston, Belarus, Rossiya vakillarini dog‘da qoldirdi. Yarim finalda hamyurtimiz rossiyalik Leonid Shviryayev bilan teng kurashlar ostida o‘tgan o‘yinda bronza medaliga ega chiqdi.

Kiritildi: 19:01, 03.08.2025.
O'qildi: 1025 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик