"Manchester Yunayted" darvozaboni Andre Onana jarohati haqidagi savolga javob berdi. Kamerunlik futbolchi mavsumoldi tayyorgarlik boshidayoq jarohat olgan, shu sababli u yangi kampaniyaning boshlanishini o‘tkazib yuborishi mumkin.
"O‘zimni yaxshi his qilyapman, juda yaxshi. Bir necha og‘ir haftalar ortda qoldi, ammo men mavsum boshidayoq qaytishga umid qilaman", - deya 29 yoshli darvozabonning so‘zlarini keltiradi Neytan Solt.
Andre Onana "MYU" safida 101 ta o‘yinda maydonga tushib, 148 ta gol o‘tkazib yuborgan.













