"Barselona" vingeri Rafinya Dias klubni tark etgan markaziy himoyachi Inigo Martines bilan xayrlashdi.
34 yoshli ispaniyalik "ko‘k-anorranglilar" safidagi ikki yillik faoliyatidan so‘ng faoliyatini Saudiya Arabistonining "An-Nasr" klubida davom ettiradi.
"Shunchaki senga yangi hayot va karyerangda eng yaxshi tilaklarni tilamoqchiman. Sen bilan tanishish, bir jamoada o‘ynash yoqimli bo‘ldi. Sen o‘ziga xossan, barchasi uchun rahmat," - deya braziliyalik ijtimoiy tarmoqdagi posti orqali Martinesga murojaat qilgan.













