Kirish Ro'yxatdan o'tish

“Milan” ishtirokidagi o‘yin Avstraliyada bo‘lib o‘tadi

“Milan” ishtirokidagi o‘yin Avstraliyada bo‘lib o‘tadi

Baho:
+ | -

Ispaniyada “Vilyarreal” va “Barselona”ning dekabr oyida AQSHda La Liga o‘yinini o‘tkazishni so‘rashi yuzasidan bahs-munozaralar avj oldi.

Ayni paytda Mundo Deportivo jurnalistlarining ta’kidlashicha, Italiya chempionati o‘yini ham mamlakat tashqarisida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

O‘tgan oy Italiya futbol federasiyasi 2026 yilning 6 fevraliga belgilangan “Milan” – “Komo” o‘yinini Avstraliyada o‘tkazishni ma’qulladi.

So‘rov UEFAga yuborildi. O‘yin katta ehtimol bilan Pertda bo‘lib o‘tadi. Biroq, A Seriya o‘yini bilan bog‘liq vaziyatda muhim jihat bor - "Milan" qishki Olimpiya o‘yinlari ochilishi munosabati bilan 6 fevral kuni o‘z uyi "San-Siro" stadionidan foydalana olmaydi.

Kiritildi: 22:31, 13.08.2025.
O'qildi: 558 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик