Kirish Ro'yxatdan o'tish

Mareska: "Chelsi"da uning o‘rnini hech kim bosa olmaydi"

Mareska: "Chelsi"da uning o‘rnini hech kim bosa olmaydi"

Baho:
+ | -

"Chelsi" bosh murabbiyi Enso Mareskaning fikricha, jamoaga yangi markaziy himoyachi kerak.

Mavsum boshlanishidan biroz oldin "ko‘klar" Levi Kolvillni yo‘qotishdi - uning xochsimon bog‘lami yirtilgan. Murabbiyning fikricha, hozir jamoada himoya markazida inglizning o‘rnini bosa oladigan futbolchilar yo‘q.

"Uesli Fofana bu pozisiyada 45 daqiqa o‘ynadi. Bu "Bornmut" bilan mehmondagi o‘yinning birinchi bo‘limi edi - bu mening bu yerda ishlagan davrimdagi eng yomon bo‘limlardan biri bo‘lsa kerak. Benua Badyashil Konferensiyalar Ligasi finalida shu pozisiyada o‘ynadi - "Betis"ga 0:1 hisobida yutqazayotgandik. Keyin uning o‘rniga Kolvillni tushirdik va 4:1 hisobida yutdik. Bu futbolchilar orasida farq katta" - dedi Mareska matbuot anjumanida.

Kiritildi: 12:38, 16.08.2025.
O'qildi: 987 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик