Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona 3-0 Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter 1-1 Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend 0-1 Brayton
14/03 20:00 Byornli 0-0 Bornmut
14/03 20:15 Atletiko 1-0 Xetafe
14/03 22:00 Napoli 2-1 Lechche
14/03 22:30 Chelsi 0-1 Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal 2-0 Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo 1-0 Valensiya
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid 4-1 Elche
15/03 16:30 Verona 0-2 Jenoa
15/03 18:00 Malyorka 2-1 Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest 0-0 Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted 3-1 Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas 0-0 Lids
15/03 19:00 Piza 3-1 Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo 0-1 Bolonya
15/03 19:15 Neftchi 1-0 Paxtakor
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta
16/03 00:45 Lasio - Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad - Osasuna

Vitaliy Levchenko: “Navbahor”ga qarshi qiyin bahsni o‘tkazdik”

Vitaliy Levchenko: “Navbahor”ga qarshi qiyin bahsni o‘tkazdik”

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekiston Superligasining 19-turidan o‘rin olgan “Navbahor” – “Neftchi” (0:1) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida farg‘onaliklar bosh murabbiyi Vitaliy Levchenko qatnashib, jsurnalistlarning savollariga javob berdi.

- Dastlab o‘yin haqida fikrlaringiz bilan o‘rtoqlashsangiz?

- Bugun haqiqiy futbolga mos muhit bo‘ldi. Stadionga juda ko‘p muxlislar tashrif buyurishdi. “Navbahor”ga qarshi qiyin bahsni o‘tkazdik. G‘alaba qozonishimiz oson bo‘lmadi. Ushbu yutuq bilan jamoamizdagi barchani tabriklayman. Ishlashda davom etamiz, chempionat hali tugagani yo‘q.

- Nima deb o‘ylasiz, legionerlar o‘zlarini yaxshi his qilishyaptimi?

- Biz shunday yo‘l tutyapmizki, jamoada hech kimni ajratayotganimiz yo‘q. Shuningdek, legionerlar ham bu yerda o‘zlarini erkin his qilishlari uchun yordam beryapmiz. Jamoada raqobat bor va bu juda yaxshi. Kim kuchli bo‘lsa, o‘sha o‘ynayapti.

- “Neftchi” joriy mavsumda chempionlik uchun kurashadimi?

- Biz maydonga chiqib, o‘z o‘yinimizni ko‘rsatamiz hamda har bir raqib bilan kurash olib boramiz. Shunchaki futbol o‘ynamaymiz. Lekin chempion bo‘lishimizni vaqt ko‘rsatadi.

- Bugungi muxlislik darajasini 10 ballik tizimda qanday baholagan bo‘lardingiz?

- Bemalol aytishim mumkin, vodiyning har uchala klubi – “Andijon”, “Navbahor” va “Neftchi”da muxlislik darajasi juda yuqori. Eng ko‘p muxlislar ham, eng zo‘r muxlislar ham shu yerda. Vodiyda ajoyib ishqibozlar bor, bunga qoyil qolish kerak.

Kiritildi: 02:19, 17.08.2025.
O'qildi: 640 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.