Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/09 00:00 Real Madrid 4-1 Rayo Valyekano
13/09 00:00 Sanderlend 0-2 Arsenal
13/09 17:00 Selta 1-1 Malaga
13/09 18:00 Koventri Siti 0-5 Brayton
13/09 18:00 Lechche 3-2 Monsa
13/09 19:15 Levante 2-4 Barselona
13/09 20:30 Man. Yunayted 0-1 Manchester Siti
13/09 21:00 Napoli 1-0 Bolonya
13/09 21:30 Xetafe 1-1 Deportivo
13/09 23:45 Sassuolo 3-2 Yuventus
14/09 00:00 Real Sosyedad 0-3 Atletiko
14/09 18:45 Neftchi - Al-Quva al-Javiya
14/09 21:00 Shabab al-Ahli - Traktor
14/09 21:00 Ash-Shamol - Al-Ittihod
14/09 23:15 Al-Ahli (SA) - Paxtakor
14/09 23:15 Al-Qodisiya - Al-Vasl
14/09 23:15 Istiqlol - As-Sadd
15/09 15:00 Tejon Hana Citizen - Kyoto Sanga
15/09 15:00 Gamba Osaka - Kongan Hanoi
15/09 15:00 Kashima Antlers - Nyukasl Jets
15/09 15:00 Ratchaburi - Shangxay Port
15/09 17:15 Beyjing Guoan - Poxang Stilers
15/09 17:15 Johor Dorul Ta'zim - Buriram Yunayted
15/09 21:00 Al-Ayn - An-Nasr (SA)
15/09 23:15 Al-Hilol - Al-G‘arafa

Sergey Lushan: “Xatolarni tahlil qilib. ishlashda davom etamiz”

Sergey Lushan: “Xatolarni tahlil qilib. ishlashda davom etamiz”

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekiston Superligasining 19-turidan o‘rin olgan “Navbahor” – “Neftchi” (0:1) uchrashuvidan keying matbuot anjumanining ikkinchi qismida "lochinlar" bosh murabbiyi Sergey Lushan ishtirok etib, OAV xodimlarining savollariga javob berdi.

- O‘yin haqidagi fikringiz?

- Maydonda kurash kechdi. Derbi o‘z nomi bilan derbi bo‘ldi. Raqib birinchi bo‘limda katta hududga ega chiqdi. Bizda esa hujumda hech nima o‘xshamadi. O‘yin golga qadar davom etdi. Kim xato qilsa, shu yutqazishi sezilgandi. O‘z maydonimizga yutqazish doimo alamli. Darvozamizga urilgan golda darvozabonni ayblay olmayman. Shunchaki zarba kuchli chiqdi. Bunday gollar bo‘lib turadi. “Neftchi”ni g‘alaba bilan tabriklayman. Bu jamoa tarkib bo‘yicha bizdan kuchli.

- Bugun “Navbahor” o‘z o‘yinini ko‘rsatishi uchun nima xalaqit berdi?

- Raqib xalaqit berdi. Xatolarni hamma qilishi mumkin. Biz ham, raqib ham xatoga yo‘l qo‘ydik. Lekin bitta gol bo‘ldi. “Andijon” bilan o‘yinimizni oling, 0:0 hisobida tugashi ham mumkin edi. Lekin biz bitta zarba yo‘lladik. Bu - futbol.

- Mavsum oxirida “Navbahor”ni yuqori o‘rinlarda ko‘ramizmi? Muxlislarga shuni va’da qila olasizmi?

- Men bashoratchi emasman. Ishlashda davom etyapmiz, to‘xtab qolganimiz yo‘q. Bizda muammolar bor, balki bu muammolar boshqalarga nisbatan ko‘proqdir. Mavsum oxirida qaysi o‘rinda bo‘lishimizni bilmayman. Yanvardagi yig‘inda faqat bir nafar futbolchi bor edi. Qaysi murabbiy 5 oyda jamoa tuzganligini menga misol keltirib bering-chi! Gvardiola jamoa tuzishi uchun klub 1,5 milliard sarfladi. Shunda ham uchinchi mavsumga kelibgina, "Manchester Siti" chempion bo‘ldi. Bizda lekin bunaqa imkoniyat yo‘q, cho‘ntagimiz to‘la pul ham yo‘q.
2027 yili biz ham chempionlikni, ham O‘zbekiston kubogini qo‘lga kiritishimiz kerak. Buning uchun hamma narsa bo‘lishi lozim.

- O‘yindan keyin darvozabon Shukron Yo‘ldoshevga nima dedingiz?

- Shukronni ruhan qo‘llab-quvatlashga harakat qildik. To‘g‘ri, u xato qildi, lekin nailoj? Yo‘ldoshev yaxshi darvozabon. Futbolda hamma xato qiladi. Ko‘p o‘yinlarda maydonga tushyapmiz va mag‘lubiyatni tezroq unutib, oldinga intilishimiz shart. Asosiy e’tiborni O‘zbtkiston kubogi doirasidagi bahsga qaratamiz.

- Bugun standart vaziyatlar o‘xshamadi…

- Bizda Jiyanov, Komilov kabi standartlarni yaxshi ijro etadigan futbolchilar bor. Hozirgi zamon futbolida standart vaziyat muhim ahamiyatga ega. Hamma shunday o‘ynashga o‘rganib qoldi. Bugun ham harakat qildik, lekin o‘xshamadi.
Bizda oson o‘yinning o‘zi yo‘q. Hamma jamoalar yaxshi saviyaga chiqib oldi. Xatolarni tahlil qilib, ishlashda davom etamiz.

Kiritildi: 02:22, 17.08.2025.
O'qildi: 814 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик