Neymar Filippe Koutinyoning «Santos»ga o‘tishini klubning o‘zi rasman e’lon qilishidan avval amalda ma’lum qildi.
«433» sahifalarida Neymarning jamoa qarorgohida o‘zining yaqin do‘sti Koutinyoni kutib olgani aks etgan video e’lon qilindi.
«Agar bu tush bo‘lsa, uyg‘onishni istamayman. Men seni quchoqlash va senga g‘amxo‘rlik qilish uchun shu yerdaman. O‘z uyingdagidek his qil!» — dedi Neymar.
Koutinyo «Santos»ga erkin agent maqomida qo‘shiladi. Avvalroq u joriy yil oxiriga qadar shartnoma imzolashi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Qayd etish joizki, Neymar va Koutinyo klublar darajasida avval birga to‘p tepmagan. Ular faqat Braziliya milliy terma jamoasida birga o‘ynashgan.













