"Manchester Siti" rahbariyati "Real" hujumchisi Rodrigo Silvaning ehtimoliy transferi haqida o‘ylashda davom etmoqda.
Hammasi boshqa bir braziliyalik futbolchi Savioning holatiga bog‘liq. Agar u "Tottenxem"ga ketsa, "Siti" Rodrigoni sotib olishga harakat qiladi. Transfer qiymati 90 million yevrodan oshishi mumkin.













