Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Sobiq hakam "Malyorka" futbolchilarining maydondan chetlatilishiga munosabat bildirdi

Sobiq hakam "Malyorka" futbolchilarining maydondan chetlatilishiga munosabat bildirdi

Baho:
+ | -

Sobiq hakam Pavel Fernandes "Barselona"ga qarshi o‘yinda "Malyorka" futbolchilarining chetlatilishiga baho berdi.

La Liganing 1-turida “Barselona” mehmonda 3:0 hisobida zafar quchdi.

Birinchi bo‘limda bosh hakam Xose Munuera Montero "Malyorka"ning ikki futbolchisini maydondan chetlatdi. 33-daqiqada Manuel Morlanes Lamin Yamalga nisbatan qo‘pollik ishlatgani uchun ikkinchi sariq kartochkani oldi, 36-daqiqada Vedat Muriki jarima maydonchasi chizig‘ida "Barselona" darvozaboni Joan Garsiyani boshiga tepdi va buning uchun qizil kartochka oldi.

Morlanesning ikkinchi sariq kartochkasi bo‘yicha: "Ferranning golidan keyin bahslashgani uchun birinchi ogohlantirishni olgan "Malyorka" futbolchisiga Lamin Yamalni yiqitgani uchun ikkinchi sariq kartochka juda munosib tarzda ko‘rsatildi".

Murikining chetlatilishi haqida: Raqibning jismoniy salomatligiga tahdid qizil kartochka hisoblanadi. Fernandes ijtimoiy tarmoqda "Aniq chetlatilish", deb yozdi.

Kiritildi: 21:54, 17.08.2025.
O'qildi: 3288 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик