Joau Feliks “An-Nasr” safidagi ilk golini urdi.
Portugaliyalik yarim himoyachi Saudiya Arabistoni Superkubogi yarim finalida “Al-Ittihod”ga qarshi o‘yinning 61-daqiqasida (2:1, ikkinchi bo‘lim) Krishtianu Ronalduning golli uzatmasidan so‘ng gol urdi.
Feliksning goli dastlab ofsayd tufayli bekor qilindi, ammo VAR tekshiruvidan so‘ng hakam uni hisobladi.













