Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut 1-1 Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem

"Galatasaroy" "Manchester Siti" yulduzi bo‘yicha yangi muzokaralar o‘tkazadi

"Galatasaroy" "Manchester Siti" yulduzi bo‘yicha yangi muzokaralar o‘tkazadi

Baho:
+ | -

"Galatasaroy" "Manchester Siti" darvozaboni Ederson transferidan umid uzmayapti. Avvalroq bo‘lib o‘tgan muhokamalar muvaffaqiyatsiz yakunlandi - klublar kelishuv shartlari bo‘yicha kelisha olmadi. Shunga qaramay, Turkiya Superligasi grandi rahbariyati taslim bo‘lmayapti: darvozabon bo‘yicha yangi muzokaralar bugun, dushanba kuniyoq bo‘lib o‘tishi kutilmoqda, deb yozadi Daily Mail.

Bu yozda "shaharliklar" "Byornli"dan Jeyms Traffordni olib kelib, darvozabonlik pozisiyasini mustahkamladi. Bundan tashqari, tez orada Xosep Gvardiola jamoasi safini "PSJ" a’zosi Janluiji Donnarumma ham to‘ldirishi mumkin.

Transfermarkt talqiniga ko‘ra, Edersonning narxi 20 mln yevroga baholanmoqda. 32 yoshli braziliyalikning "Manchester Siti" bilan shartnomasi kelasi yili yakuniga yetadi.

Kiritildi: 08:31, 25.08.2025.
O'qildi: 627 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик