Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/03 01:00 Atalanta 1-6 Bavariya
11/03 01:00 Atletiko 5-2 Tottenhem
11/03 01:00 Nyukasl 1-1 Barselona
11/03 16:30 Surxon 0-0 Bunyodkor
11/03 19:30 Lokomotiv 0-0 Qo‘qon-1912
11/03 19:45 Buxoro 1-1 Xorazm
11/03 22:45 Bayer 1-1 Arsenal
12/03 01:00 Bude-Glimt 3-0 Sporting
12/03 01:00 PSJ 5-2 Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid 3-0 Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK - So‘g‘diyona
12/03 19:45 Dinamo - Nasaf

Kurtua: «Oxirgi daqiqagacha juda yuqori darajada o‘ynadik»

Kurtua: «Oxirgi daqiqagacha juda yuqori darajada o‘ynadik»

Baho:
+ | -1

Madridning «Real» klubi darvozaboni Tibo Kurtua La Liganing ikkinchi turida «Real Ovyedo»ga qarshi (3:0) o‘yindan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Bu juda muhim g‘alaba. Safarda yutish va darvozamizni daxlsiz saqlash — juda ahamiyatli. Biz ko‘rsatgan o‘yin darajasi, reaksiyalarimiz, pressingimiz — hammasi oxirgi daqiqagacha juda yaxshi bo‘ldi. Biz bu o‘yin og‘ir kechishini bilardik, chunki “Ovyedo” 24 yildan so‘ng ilk bor yuqori divizionda o‘z maydonida o‘ynayotgan edi.

Ular yaxshi boshlashdi, lekin keyin biz o‘z o‘yinimizga qaytdik va ko‘plab xavfli vaziyatlar yaratdik. Ular darvozaboni a’lo darajada o‘ynadi, shu bois o‘yin oxirigacha qattiq kurash bo‘lib turdi. Biz o‘yinni ancha oldin yakunlab qo‘yishimiz mumkin edi. Hisob 1:0 bo‘lganda doimo raqib imkoniyatga ega bo‘ladi, masalan, ularning ustunga urgan zarbasi kabi.

Barcha o‘n bir futbolchimiz himoyada juda jiddiy o‘ynadi, yaxshi pressing qildi va shu tarzda ko‘plab g‘alabalarga erishamiz. Hujumda esa 10 ta aniq zarba berib, 3 ta gol urdik. Bu juda muhim», — dedi Kurtua.

Eslatib o‘tamiz, «Real» navbatdagi uchrashuvini 30 avgust kuni «Malyorka»ga qarshi o‘tkazadi.

Manba: ua-football.com
Kiritildi: 14:44, 25.08.2025.
O'qildi: 660 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.