Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente Lamin Yamalga bildirilayotgan ba’zi tanqidlarga munosabat bildirdi.
«Lamin? Unda fidoyilik qobiliyati yuqori, u shu yoshidayoq futbol dahosi va biz aynan shunga ko‘proq e’tibor qaratishimiz kerak. Uning mashina yoki motosikl sotib olishi, yokida uni qaysidir qiz bilan ko‘rishganiga emas! U tanqidga loyiq hech narsa qilmadi», - dedi "qizil furiya" ustozi.













