"Bavariya" hujumchisi Xarri Keyn Germaniya kubogi doirasidagi "Ven Visbaden"ga qarshi o‘yinda penaltini golga aylantira olmadi.
Angliyalik futbolchi uchun bu 2022 yilning dekabridan beri foydalanilmagan birinchi penalti bo‘lib turibdi. Shuningdek, u "Bavariya" safida birinchi marta penaltidan gol ura olmadi.
Fransiya terma jamoasiga qarshi JCH-2022 chorak finalidagi o‘yinda Keyn oxirgi marta 11 metrlik nuqtadan gol ura olmagan.













