Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/08 00:00 Kristal Pelas 1-4 Manchester Siti
29/08 00:30 Alaves 1-0 Vilyarreal
29/08 16:00 Man. Yunayted - Ipsvich
29/08 16:30 Liverpul 2-2 Nottingem Forest
29/08 18:00 Surxon - Guliston
29/08 19:00 Neftchi - Paxtakor
29/08 19:00 Bornmut 1-1 Everton
29/08 19:00 Koventri Siti 0-1 Xall Siti
29/08 20:00 Levante 5-2 Betis
29/08 21:30 Tottenhem 0-2 Nyukasl
29/08 21:30 Fiorentina 0-3 Frozinone
29/08 21:30 Monsa 2-3 Udineze
29/08 21:30 Sassuolo 2-1 Torino
29/08 22:00 Real Sosyedad 2-1 Espanyol
29/08 23:45 Yuventus - Parma
30/08 00:30 Sevilya - Atletiko
30/08 18:00 So‘g‘diyona - Jayxun
30/08 18:00 Chelsi - Brayton
30/08 18:00 Lids - Brentford
30/08 18:00 Sanderlend - Fulhem
30/08 19:00 Navbahor - Nasaf
30/08 20:00 Real Madrid - Malaga
30/08 21:30 Napoli - Komo
30/08 22:30 Deportivo - Valensiya
30/08 23:45 Kalyari - Inter
30/08 23:45 Lasio - Jenoa
31/08 00:30 Selta - Atletik Bilbao
31/08 21:30 Lechche - Roma
31/08 22:30 Osasuna - Xetafe
31/08 23:45 Atalanta - Bolonya
01/09 00:00 Aston Villa - Arsenal

«Qayrat» bosh murabbiyi: «Real» bilan o‘ynash imkoniyati paydo bo‘lganidan xursandmiz»

«Qayrat» bosh murabbiyi: «Real» bilan o‘ynash imkoniyati paydo bo‘lganidan xursandmiz»

Baho:
+ | -

«Qayrat» bosh murabbiyi Rafael Urazbaxtin jamoasining Chempionlar ligasi umumiy bosqichi qur’asi natijalariga munosabat bildirdi. Ushbu bosqichda qozog‘istonlik klub Madridning «Real»i (o‘z maydonida), «Inter», «Bryugge» (o‘z maydonida), «Arsenal», «Olimpiakos» (o‘z maydonida), «Sporting», «Pafos» (o‘z maydonida) va «Kopengagen»ga qarshi bahs olib boradi.

«Albatta, «Real» bilan o‘ynash imkoniyati paydo bo‘lganidan xursandmiz. Bunday klubning Qozog‘istonga kelishini hayotda ko‘p ham ko‘ravermaysan. Xabarni eshitganda juda quvondik. Iltimos qilardikki, raqib sifatida iloji boricha ko‘proq grandlar chiqsin. Aslida «Real», «Inter», «Arsenal» yetarlicha yirik klublar. Ularga qarshi maydonga tushish imkoniyati borligidan mamnunmiz.

Qur’a natijalaridan rozimiz. «Real» — o‘z izohlariga hojat yo‘q klub. «Inter» oxirgi yillarda muntazam ravishda Chempionlar ligasida o‘ynab kelmoqda. «Arsenal» ham yaqinda yarim finalda o‘ynadi va Angliyada chempionlik uchun kurashib kelmoqda. «Bryugge», «Sporting», «Olimpiakos», «Pafos» va «Kopengagen» ham o‘z mamlakatlarida chempion bo‘lgan kuchli jamoalar. Umumiy daraja juda yuqori.

Albatta, biz ularga nisbatan kichik jamoadek ko‘rinamiz. Ammo futbolda hamma narsa mumkin. O‘z uyimizdagi o‘yinlarda tribuna va muxlislarga umid qilamiz. Qachon va qanday ob-havoda o‘ynashimiz ham muhim omil. Shuningdek, ular Yevropadan bizga uzoq yo‘l bosib kelishlari kerak bo‘ladi. Omillar ko‘p. Lekin baribir raqib futbolchilarning darajasi juda baland, shu sabab ularga parvozlar jiddiy muammo tug‘diradi, deb o‘ylamayman. Biz esa maydonda oxirigacha kurashamiz va barcha kuchimizni sarflaymiz», — dedi Urazbaxtin «Chempionat» muxbiri Yegor Kabak bilan suhbatda.

Manba: championat.com
Kiritildi: 23:31, 28.08.2025.
O'qildi: 1744 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик