Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta

Ayollar o‘rtasida OCHL saralashi. “Sevinch” Qarshida “An-Nasr”dan ustun keldi

Ayollar o‘rtasida OCHL saralashi. “Sevinch” Qarshida “An-Nasr”dan ustun keldi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Qarshida ayollar o‘rtasida OCHL saralash uchrashuvlari davom etmoqda.

Bugun “Sevinch” klubi Saudiya Arabistonining “An-Nasr”ini qabul qilib, 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Yagona gol 71-daqiqada Lyudmila Karachik tomonidan kiritildi. E’tiborlisi, Karachik burchak to‘pidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri raqib darvozasini ishg‘ol etdi.

Shu tariqa, “Sevinch” ketma-ket ikkinchi o‘yinda ham g‘alaba qozondi. Endi ular 3-turda Tailandning “Kollej of Eyshn Skolars”ga qarshi o‘ynaydi. Bu bellashuv g‘olibi OCHL guruh bosqichiga yo‘llanma oladi.

Kiritildi: 00:05, 29.08.2025.
O'qildi: 985 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик