Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente Fermin Lopesga tavsiya berdi.
22 yoshli futbolchiga "Chelsi" jiddiy qiziqish bildirmoqda. U bu taklifni jiddiy o‘ylamoqda.
— Fermin uchun tavsiyangiz nima?
— U sport nuqtai nazaridan o‘ylashi kerak, iqtisodiy jihat ikkinchi darajali bo‘lishi kerak. Men aytishni yoqtiradigan narsa shuki, men ispan futbolchilarining Ispaniyada o‘ynashini xohlayman», dedi de la Fuente matbuot anjumanida.













