Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli 2-3 Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche
13/05 00:30 Osasuna - Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas

"RB Leypsig" "Milan" qiziqish bildirayotgan hujumchini sotib olmoqchi

"RB Leypsig" "Milan" qiziqish bildirayotgan hujumchini sotib olmoqchi

Baho:
+ | -

"Sporting" markaziy hujumchisi Konrad Xarder yozda "Milan"ga transferi barbod bo‘lgach, boshqa klubga o‘tishi mumkin. Bu haqda Record xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, daniyalik futbolchi "RB Leypsig"ning transfer maqsadiga aylangan. Nemis klubi Xarder uchun "Sporting"ga 23 mln yevro taklif qildi. Yana 4 mln Portugaliya jamoasi bonuslar sifatida olishi mumkin. Futbolchining o‘zi Germaniyaga ko‘chib o‘tishga rozi.

20 yoshli hujumchi 2024 yilning kuzidan beri "Sporting" sharafini himoya qilmoqda. Hammasi bo‘lib Xarder Portugaliyada 51 ta o‘yinda maydonga tushib, 12 ta gol urgan va 7 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Transfermarkt portali futbolchini 24 mln yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 18:13, 30.08.2025.
O'qildi: 912 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик