Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/09 19:00 Dinamo 1-0 Qizilqum
10/09 19:00 Andijon 2-1 Qo‘qon-1912
10/09 20:00 Xorazm 0-0 So‘g‘diyona
10/09 21:45 Fenerbaxche 1-1 Roma
10/09 21:45 PSV 1-1 Shaxtyor
10/09 23:59 Man. Yunayted - Sabah
10/09 23:59 Bavariya - Bude-Glimt
10/09 23:59 Komo - RB Leypsig
10/09 23:59 Slaviya - Lans
11/09 19:00 Lokomotiv - Mash’al
11/09 19:00 Buxoro - Navbahor

Rasmiylar AQSH Prezidentining maxsus vakilini Olimpiya shaharchasi bilan tanishtirishdi

Rasmiylar AQSH Prezidentining maxsus vakilini Olimpiya shaharchasi bilan tanishtirishdi

Baho:
+ | -

Mamlakatimizda amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidentining global sherikliklar bo‘yicha maxsus vakili Paolo Zampollini Sport vazirligi, Milliy Olimpiya qo‘mitasi hamda O‘zbekiston futbol assosiasiyasi rahbariyati ishtirokida Olimpiya shaharchasi hamda Milliy futbol markaziga tashrif buyurdi.

O‘zbekiston Prezidentining tashabbusi asosida bunyod etilgan Olimpiya shaharchasiga tashrif buyurgan Paolo Zampollini shaharcha hududidagi muhtasham sport inshootlari bilan yaqindan tanishdi.

Xalqaro standartlarga to‘liq javob beruvchi Olimpiya shaharchasida kelgusida nufuzli sport musobaqalarini o‘tkazish imkoniyati hamda O‘zbekistonning sport mamlakati sifatida dunyoga tanilishidagi ahamiyatini yuksak e’tirof etdi.

Shuningdek, Davlatimiz rahbari tashabbuslari asosida
Mustaqillik bayrami arafasida foydalanishga topshirilgan Milliy futbol markazida bunyod etilgan stadionlar, o‘quv binolari, sport zallari bilan tanishdi.

Majmuada professional futbolchi va mutaxassislarni tayyorlash uchun tashkil etilgan Futbol mutaxassislarini tayyorlash va ilmiy-tadqiqot markazi, Futbol terma jamoalari tayyorgarlik markazi, Respublika futbol akademiyasi, Sport tibbiyoti va reabilitasiya markazlari faoliyatini yuqori baholadi.

Kiritildi: 20:57, 30.08.2025.
O'qildi: 666 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик