Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/09 00:00 Sevilya 1-0 Valensiya
12/09 17:00 Rasing 2-1 Alaves
12/09 18:00 Jenoa 1-1 Frozinone
12/09 19:00 Bornmut 2-2 Brentford
12/09 19:00 Aston Villa 1-2 Nottingem Forest
12/09 19:00 Chelsi 2-2 Xall Siti
12/09 19:00 Kristal Pelas 2-3 Ipsvich
12/09 19:00 Liverpul 0-0 Fulhem
12/09 19:15 Osasuna 0-2 Espanyol
12/09 21:00 Lasio 2-2 Milan
12/09 21:30 Atletik Bilbao 1-1 Elche
12/09 21:30 Tottenhem 0-0 Everton
12/09 23:45 Atalanta 1-2 Kalyari
13/09 00:00 Real Madrid 4-1 Rayo Valyekano
13/09 00:00 Sanderlend 0-2 Arsenal

"Paxtakor" 5 nafar tarbiyalanuvchisi uchun 432 million so‘m oladi

"Paxtakor" 5 nafar tarbiyalanuvchisi uchun 432 million so‘m oladi

Baho:
+ | -
Joriy yilning 12 avgustida O‘zbekiston futbol assosiasiyasi Futbolchilarning maqomi va o‘tishi bo‘yicha qo‘mitasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

"Ushbu yig‘ilishda "Paxtakor" klubining sobiq futbolchilari — Otabek Boymurodov ("Buxoro"), Shahzodbek Rahmatullayev ("Qizilqum"), Abubakir Ashurov ("Andijon"), Diyorbek To‘laboyev ("Neftchi") va Muhriddin Fazliddinov ("Xorazm") uchun mashg‘ulot kompensasiyasi da’volari ko‘rib chiqildi. 

Qo‘mita qaroriga ko‘ra, yuqorida nomlari qayd etilgan futbolchilar bilan birinchi professional shartnomani tuzgan klublar (qavs ichida keltirilgan) "Paxtakor" klubiga umumiy hisobda 432 million so‘m miqdoridagi mablag‘ni to‘lab berishi belgilandi. 

Liga "Paxtakor" klubining o‘z tarbiyalanuvchilaridan belgilangan tartibda mashg‘ulot kompensasiyasi ishlab olish bo‘yicha amalga oshirgan ishlarini olqishlaydi. Shu o‘rinda, boshqa klublarni ham o‘z akademiyasida tarbiyalanayotgan futbolchilarning kerakli hujjatlarini to‘g‘ri tartibda yuritish va sobiq tarbiyalanuvchilari boshqa klub bilan birinchi professional shartnomasini imzolagan taqdirda, tegishli tartibda ular uchun mashg‘ulot kompensasiyasi talab qilishga chorlaydi", -deyiladi O‘zPFL bergan bayonotda.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 23:30, 03.09.2025.
O'qildi: 1641 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик