Nikolas Otamendi Lionel Messining Argentina terma jamoasida o‘ynashda davom etishini istaydi.
Argentina terma jamoasi JCH-2026 saralashida Venesuelani mag‘lub etdi (3:0). 38 yoshli Messi ikkita gol urdi.
O‘yindan so‘ng Otamendi Lionelni quchoqlab tushgan suratini e’lon qildi.
"Shou davom etishi kerak, gnomcha", deb yozgan Argentina MTJ va "Benfika" himoyachisi.













