Liverpulda davom etayotgan boks bo‘yicha jahon chempionatida navbatdagi hamyurtimiz o‘z jangida g‘alaba qozondi.
Shavkatjon Boltayev o‘z jangini muvaffaqiyatli yakunlab, keyingi bosqichga chiqdi. Bokschimiz -70 kg vaznda Shvesiya vakili Kevin Skottni 3:2 hisobida mag‘lub etdi.
U endi 8 sentyabr kuni navbatdagi uchrashuvini o‘tkazadi.













