Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona 0-1 Komo
10/05 17:00 Malyorka 1-1 Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli 2-2 Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas 2-2 Everton
10/05 18:00 Cremonese 3-0 Piza
10/05 18:00 Fiorentina 0-0 Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao 0-1 Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem 0-1 Arsenal
10/05 21:00 Parma 2-3 Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo 0-0 Xetafe
10/05 23:45 Milan 2-3 Atalanta
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche

Erling Holand ehtiyotsizligi sabab jarohat oldi (foto)

Erling Holand ehtiyotsizligi sabab jarohat oldi (foto)

Baho:
+ | -

“Manchester Siti” va Norvegiya terma jamoasi hujumchisi Erling Holand kutilmagan hodisa tufayli jarohat oldi. Bu haqda “Goal.com”nashri xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, jamoa futbolchilari Oslodagi mehmonxona oldida avtobusdan tushayotgan paytda eshik keskin ochilib, “Manchester Siti” hujumchisining yuziga tekkan. Hodisaga guvoh bo‘lganlar aytishicha, futbolchi og‘riqdan jahli chiqib, qo‘pol so‘z ishlatgan.

Keyinchalik futbolchi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga jarohat sabab shishgan lablari aks etgan suratini joyladi. Rasm ostiga “uchta chok”, deya izoh qoldirgan. Biroq bu post ko‘p o‘tmay o‘chirib tashlangan.

Eslatib o‘tamiz, Norvegiya terma jamoasi Jahon chempionati saralashi 6-turi doirasida Moldovaga qarshi bahs olib boradi. Bellashuv 9 sentyabr kuniga belgilangan. Ayni paytda jamoa mundial yo‘llanmasini qo‘lga kiritishga yaqin turibdi. Ular I guruhida 12 ochko bilan yakka peshqadamlik qilmoqda. Keyingi o‘rinlarda Isroil (9 ochko), Italiya (6 ochko), Estoniya (3 ochko) va Moldova (0 ochko) terma jamoalari joy olgan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 14:55, 08.09.2025.
O'qildi: 2835 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик