Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma 1-0 Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest 1-2 Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche 0-3 Komo
27/12 19:00 Torino 1-2 Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

O‘zbekiston Prezidenti Infantinoni qabul qildi va unga «Do‘stlik» ordenini topshirdi

O‘zbekiston Prezidenti Infantinoni qabul qildi va unga «Do‘stlik» ordenini topshirdi

Baho:
+1 | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 8 sentyabr kuni Xalqaro futbol assosiasiyalari federasiyasi (FIFA) rahbari Janni Infantinoni qabul qildi.

Suhbat avvalida FIFA prezidenti O‘zbekiston yetakchisi va xalqini tarixiy voqea – milliy terma jamoamiz 2026 yilda AQSHda bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha jahon chempionatining final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritgani bilan yana bir bor samimiy tabrikladi. Ushbu haqli yutuq mamlakatimizda olib borilayotgan samarali islohotlar, sportni rivojlantirishga qaratilayotgan e’tibor va har tomonlama ko‘makning amaliy natijasi ekani ta’kidlandi.

O‘zbekistonning ushbu nufuzli xalqaro tuzilma bilan, eng avvalo, futbolni tashkil etish va boshqarish tizimini takomillashtirish, yosh iste’dodlarni yuzaga chiqarishga ko‘maklashish, murabbiylar, hakamlar, menejerlar, sport shifokorlari va texnik mutaxassislarni xalqaro darajada tayyorlash borasidagi sermahsul hamkorligini yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Futbolni, birinchi navbatda, yoshlar o‘rtasida ommalashtirish bo‘yicha qo‘shma dasturlarni amalga oshirishda yaqindan hamkorlik qilinayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.

FIFAning texnik ko‘magida zamonaviy Milliy futbol markazi, shu jumladan, innovasion yechimlarni joriy etgan holda raqamli futbol bo‘yicha situasion markaz tashkil etildi.

O‘tgan yili mamlakatimizda futzal bo‘yicha jahon chempionati muvaffaqiyatli o‘tkazildi.

O‘zbekistonda FIFAning yirik musobaqalari va tadbirlarini tashkil etishga alohida e’tibor qaratildi.

Toshkent shahrida FIFAning Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun mintaqaviy ofisini ochish yuzasidan kelishuvga erishildi.

Uchrashuv yakunida O‘zbekiston Prezidenti o‘zbek futbolini rivojlantirish va xalqaro maydonda ilgari surishga qo‘shgan shaxsiy hissasi uchun FIFA rahbari Janni Infantinoga davlatimizning yuksak mukofoti – “Do‘stlik” ordenini topshirdi.

Manba: president.uz
Kiritildi: 20:26, 08.09.2025.
O'qildi: 1676 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.