Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/09 00:00 Vilyarreal 1-2 Betis
15/09 00:00 Lids 4-1 Nyukasl
15/09 15:00 Tejon Hana Citizen 1-0 Kyoto Sanga
15/09 15:00 Gamba Osaka 4-1 Kongan Hanoi
15/09 15:00 Kashima Antlers 7-1 Nyukasl Jets
15/09 15:00 Ratchaburi 4-6 Shangxay Port
15/09 17:15 Beyjing Guoan 3-1 Poxang Stilers
15/09 17:15 Johor Dorul Ta'zim 1-1 Buriram Yunayted
15/09 21:00 Al-Ayn 4-0 An-Nasr (SA)
15/09 22:00 Rayo Valyekano 2-1 Espanyol
15/09 23:00 Alaves 0-1 Valensiya
15/09 23:15 Al-Hilol 2-1 Al-G‘arafa
16/09 00:30 Elche 2-3 Real Madrid
16/09 15:00 Chonbuk Motors - Kashiva Reysol
16/09 17:15 Port - Vissel Kobe

Dyokeresh Portugaliya chempionatining 2024/25 yilgi mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb topildi

Dyokeresh Portugaliya chempionatining 2024/25 yilgi mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb topildi

Baho:
+ | -

10 sentyabr, chorshanba kuni Portugaliya futbolida 2024/25 yilgi mavsum yakunlari bo‘yicha Liga Portugal Awards taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Lissabonning "Sporting" klubi hujumchisi Viktor Dyokeresh mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. 27 yoshli shvesiyalik futbolchi Portugaliya chempionatida 33 ta o‘yinda 39 ta gol va 8 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Yozda u Londonning "Arsenal" klubiga o‘tdi.

Mavsumning eng yaxshi murabbiyi sifatida "Sporting" mamlakat chempioni bo‘lgan Ruy Borxes e’tirof etildi. Jamoa 82 ochko jamg‘arib, eng yaqin ta’qibchisi "Benfika"ni 2 ochkoga ortda qoldirgan.

Eng yaxshi gol muallifi "Farense" futbolchisi Elvis Balde, mavsumning eng yaxshi yosh futbolchisi esa "Sporting" futbolchisi 18 yoshli Jeovani Kenda bo‘ldi. U Portugaliya chempionatida 34 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 08:30, 11.09.2025.
O'qildi: 530 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик