"Liverpul"ning sobiq yarim himoyachisi, hozirda "Bazel" futbolchisi Jerdan Shakiri faoliyatidagi eng yaxshi murabbiy haqida gapirdi.
"Men Pep Gvardiolani tanlayman. Taktika va o‘yin tuzilishi jihatidan u birinchi o‘rinda turadi. Gvardiola Myunxenda revolyusiya qilmoqchi edi. O‘ylaymanki, u o‘z g‘oyalarini amalga oshira oldi. Yana Xitsfeldni alohida ta’kidlamoqchiman. Bu boshqa davr mutaxassisi," - deya 33 yoshli shveysariyalik futbolchining so‘zlarini keltiradi Gazzetta dello Sport.
Eslatib o‘tamiz, Jerdan o‘tgan yili "Bazel"ga o‘tgan edi. Yevropada Shakiri "Bavariya", "Liverpul", "Inter" va boshqa klublarda o‘ynagan.













