Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Yuventus" va "PSJ" o‘rtasidagi munosabatlar buzildimi?

"Yuventus" va "PSJ" o‘rtasidagi munosabatlar buzildimi?

Baho:
+ | -

Bu yil yozda "Pari Sen-Jermen" va "Yuventus" bir necha hafta davomida hujumchi Randal Kolo-Muani masalasida yechim topish uchun muzokaralar olib bordi.

Ammo muzokaralar yakuni "Yuventus" Lois Openda bilan shartnoma imzolashi va Kolo-Muani "Tottenxem"ga o‘tishi bilan yakunlandi. Ushbu muvaffaqiyatsizlikdan so‘ng "PSJ" va "Yuve" o‘rtasidagi munosabatlar keskinlashgani haqida mish-mishlar tarqaldi.

Italiyaliklar bosh direktori Damyen Kamolli bu mish-mishlarga javob berishga qaror qildi.

"Men "PSJ" prezidenti bilan bo‘lib o‘tgan suhbatlar haqidagi ba’zi maqolalarni hayrat bilan o‘qib chiqdim. Bu mutlaqo noto‘g‘ri mish-mishlar, bu yolg‘on. Men har doim katta klublar bilan doim yaxshi munosabatda bo‘lganman, "PSJ" bilan ham xuddi shunday," - deya ta’kidladi Komolli.

Eslatib o‘tamiz, Kolo-Muani o‘tgan mavsumning ikkinchi qismini "Yuventus"da ijarada o‘tkazgan edi. U barcha musobaqalarda 22 ta o‘yinda maydonga tushib, 10 ta gol urgan va 3 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Kiritildi: 13:36, 12.09.2025.
O'qildi: 536 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик