Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/03 00:45 Fiorentina 1-1 Inter
23/03 01:00 Real Madrid 3-2 Atletiko

Doku: "De Bryuynega qarshi o‘ynash g‘alati bo‘ladi"

Doku: "De Bryuynega qarshi o‘ynash g‘alati bo‘ladi"

Baho:
+ | -

"Manchester Siti" futbolchisi Jeremi Doku "Napoli" sharafini himoya qilayotgan Kevin de Bryuyne bilan bo‘lajak uchrashuv haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Xosep Gvardiola jamoasi Chempionlar ligasi musobaqasining umumiy bosqichi 1-turidan o‘rin olgan o‘yinda neapolliklarni o‘z uyida qabul qiladi. Bahs 18 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

"De Bryuynega qarshi o‘ynash noodatiy bo‘ladi. Bir hafta oldin Belgiya terma jamoasida birga o‘ynagandik. O‘ylaymanki, Kevin uyga qaytishdan xursand bo‘ladi. Ammo biz rahm-shafqat qilmoqchi emasmiz - har bir o‘yinda g‘alaba qozonishni istaymiz," - deya Dokuning so‘zlarini keltiradi City Report.

Kiritildi: 08:45, 15.09.2025.
O'qildi: 772 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик